Farg‘onada 6 mingdan ziyod kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi
DXX xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlab kelgan shaxslarni qo‘lga oldi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi 1974 yilda tug‘ilgan fuqaro kelgusida sotish maqsadida o‘z yashash xonadonida 3580 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini saqlayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Boshqa holatda esa «Qo‘qon – Toshkent» yo‘nalishida harakatlanayotgan, Qo‘qon shahrida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismiga 2520 dona «Regapen» dori vositalari xufiyona tarzda yashirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda har ikki holat bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter