Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda ko‘cha poygasida qatnashgan 6 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQShda ko‘cha poygasida qatnashgan 6 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

AQShning Sinsinnati shahri markazida ko‘cha poygasi va xavfli avtomanyovrlarga qarshi reyd davomida 6 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, voqea Paycor Stadium atrofidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. Guvohlar ayrim haydovchilar avtomashinalarda aylanma harakatlar – «donat» (mashina g‘ildiragini sirg‘altirib aylanish) va «burnaut» (qattiq tezlanish manyovrlari) qilganini aytgan.

Stadion xavfsizlik xizmati politsiyaga bir nechta avtomobillar – Audi, BMW, Mustang va Challenger rusumli mashinalar xavfli harakatlanayotgani haqida xabar bergan.

Politsiya operatsiya vaqtida drondan foydalanib, hududni havodan kuzatgan va chiqish yo‘llarini nazoratga olgan. Shundan so‘ng haydovchilarning ketib qolishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Natijada – A.Valiyev, M.Esenova, M.Zaburova, B.Hamidullayev, D.Nurmatov hamda T.Nurmatovlar qo‘lga olingan.

Ularning barchasiga xususiy hududga noqonuniy kirish aybi qo‘yilgan. Temur Nurmatovga esa qo‘shimcha ravishda ko‘cha poygasini tashkil qilish bo‘yicha ham ayb e’lon qilingan.

Sudda barcha gumonlanuvchilar aybni rad etgan. Sud har biri uchun 2,5 ming dollar miqdorida garov puli belgilagan.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar hozircha hibsda qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring