Farg‘onada fermerlik suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
Farg‘onadagi fermer xo‘jaligi suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Bugun, 3-iyun kuni Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Membranali qoplamali suv havzasida bir fuqaro cho‘kib halok bo‘ldi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yillarda ham bunday havzalarda bir necha marta cho‘kish holatlari qayd etilgan. Membranali qoplama asosida qurilgan bunday suv rezervuarlaridan foydalanuvchi fermerlar qanday xavfsizlik choralarini ko‘rishi zarurligi va ushbu talablarga rioya qilmaslik nega atrofdagilar uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida FVV mutaxassisi ma’lumot berib o‘tdi.
Unga ko‘ra, mazkur suv havzalari atrofi maxsus panjaralar bilan o‘ralishi va najot arqonlari o‘rnatilishi kerak. Vazirlik fuvarolarni xushyorlikka chaqirdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter