Farg‘onada giyohvand moddalar kontrabandachisi ushlandi
Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan giyohvandlik vositalari musodara qilindi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasi hamda kontrabandasiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Qo‘qon shahrida harakatlanayotgan Farg‘ona tumanida yashovchi, 1995-y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 2 kg 40 gr «gashish» moddasi va 5600 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, mazkur shaxs Qirg‘iziston Respublikasidagi jinoiy sherigidan olgan giyohvandlik vositalarini Qo‘qon shahrida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda unga nisbatan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246, 251-1 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,«qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter