Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda gaz portlashi sabab yosh kelin-kuyov halok bo‘ldi

Jizzaxda gaz portlashi sabab yosh kelin-kuyov halok bo‘ldi

© Google

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Sug‘unboy qishlog‘idagi xonadonda gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

“Zamon.uz”ning xabar qilishicha, voqea 25 oktyabr soat taxminan 6:50 atrofida sodir bo‘lgan. Gaz portlagan xonadondan 21 yoshli yigit va uning 19 yoshli turmush o‘rtog‘ining jasadlari olib chiqilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga maishiy gaz sizib chiqishi sabab bo‘lishi mumkin.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining “Daryo” so‘roviga ko‘ra, hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea sabablari aniqlanmoqda.

Holatni o‘rganish bo‘yicha G‘allaorol tumanida maxsus komissiya tuzilgan. Ishchi guruh tarkibiga hokimlik va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi vakillari hamda tegishli tashkilotlar muhandislari kiritilgan. Ishchi guruhga mazkur baxtsiz hodisani 15 kun ichida o‘rganib chiqish va belgilangan tartibda dalolatnoma tuzish, dalolatnomalar nusxalarini tegishli tashkilotlarga yetkazish vazifasi topshirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring