Sirdaryo viloyati sudyasi tezkor tadbirda ushlandi
Sirdaryoda sudya pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.
Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi E.S. o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MChJ foydasiga hal qilish evaziga 3 600 AQSh dollari olganlikda gumonlangan.
U huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan ushlangan.
«Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda», — deya ta’kidlanadi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter