Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda 27 yoshli yigit mashinasida bir guruh shaxslarni urib yubordi

Toshkentda 27 yoshli yigit mashinasida bir guruh shaxslarni urib yubordi

Joriy yilning 26-mart kuni 27 yoshli fuqaro B.R. Toshkent shahar Yunusobod tumani Niyozbek yo‘li ko‘chasida sobiq turmush o‘rtog‘i 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro M.F. va uning yonida bo‘lgan boshqa shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Mojaro jarayonida B.R. boshqa shaxslarga og‘ir tan jarohati yetkazish maqsadida o‘zining boshqaruvidagi «Tracker» rusumli avtomashinada M.F. va uning tanishlari ustiga haydab, qasddan urib yuborgan

Fuqaro M.F. va uning tanishi D.Q.lar yengil turdagi turli jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. 

Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, hozirda voqea ishtirokchilarining barchasini shaxsi aniqlanib, Yunusobod tumani IIO FMBga olib kelingan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. 

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring