Adliya vaziriga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi
Mahmud Istamov.
Prezidentning tegishli qarori bilan Mahmud Shuhratovich Istamov adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mahmud Istamov 1979-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2000-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Adliya vazirligi Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.
So‘nggi yillarda 2017-2019-yillarda Adliya vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, 2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari, 2021-2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori; 2024-2025-yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2025-yildan) O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shuningdek, Prezidentning tegishli qarori bilan Mirjalol Davranbekovich Allakuliyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u vazirlikning Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter