Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda topilgan turk tadbirkorining jasadi: qotillik fosh etildi

Buxoroda topilgan turk tadbirkorining jasadi: qotillik fosh etildi

2025-yilning 17-oktyabrida Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani hududida qo‘ylarini boqib yurgan cho‘pon tomonidan usti qisman tuproq bilan yopilgan erkak kishining jasadi topildi.

Turkiyalik ishbilarmon Kadir Tunchga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan ushbu jinoyat O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralarining hamkorligi natijasida qisqa vaqt ichida ochildi. Olib borilgan maxsus operatsiya davomida 4 nafar gumonlanuvchi Istanbulda qo‘lga olingan.

Ma’lum qilinishicha, tergov harakatlari davomida marhum pichoqlanib o‘ldirilgani aniqlandi. Hududdan o‘tgan avtomashinalar o‘rganilib, shubhali transport vositasining davlat raqami belgilandi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur avtomobil Istanbulda yashovchi 51 yoshli Suat T. tomonidan ijaraga olingan. Mashinada o‘tkazilgan tekshiruv natijasida unda qon izlari topildi. Ekspertiza qon namunalari jasadga tegishli ekanini tasdiqladi.

O‘zbekiston tomonidan olingan ma’lumotlar Turkiya politsiyasiga yuborildi. Istanbul politsiyasi Qotillik bo‘limi xodimlari Suat T.ni kuzatuvga oldi.

Tergov jarayonida Suat T. marhum Kadir Tunch (49 yosh) bilan birga 2025-yil 28-may kuni O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi. Kadir Tunch haqida esa 3 iyun kuni uning qarindoshlari tomonidan yo‘qolganlik bo‘yicha murojaat qilingani aniqlandi.

Tergov davomida 4 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ular orasida Suat T. ham bor. So‘roq jarayonida u sodir etgan jinoyatini tan olgan.

Uning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u va Kadir Tunch O‘zbekistonda restoran ochishni rejalashtirgan. Suat T. loyiha uchun 20 ming AQSh dollari berganini, kelishuv amalga oshmay qolgach, pulni qaytarishni talab qilganini bildirgan.

Suhbat davomida avtomobilda tortishuv chiqqan. Suat T.ning aytishicha, janjal mushtlashuvga aylangan va u o‘zini yo‘qotib qo‘ygan va Kadir Tunchni pichoqlagan. Biroz vaqt o‘tgach, Kadir Tunch qon yo‘qotish oqibatida vafot etgan.

Gumonlanuvchi jasadni yo‘ldan biroz ichkariroqqa olib kirib, chuqur qaziy olmagani sababli ustiga tuproq tortganini aytgan. Shundan so‘ng ular Istanbulga qaytib ketgan.

Suat T. ijaraga olgan avtomobilni shaxsan topshirolmaganini, tanishi orqali qayta yuborganini ham bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur shaxs qotillikdan bexabar bo‘lgan.

Hozirda 4 nafar gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari yakunlanib, ularning jinoiy ishi sudga oshirilgan.

Manba: haberturk.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring