Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onada sud erini urgan ayolga nisbatan hukm o‘qidi

Farg‘onada sud erini urgan ayolga nisbatan hukm o‘qidi

Farg‘ona shahrida ayol turmush o‘rtog‘ini urgani uchun oilaviy zo‘ravonlikda aybli deb topildi. Sud hukmiga ko‘ra, 1999-yilda tug‘ilgan M.A. ga nisbatan 8 mln 240 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Ish materiallariga ko‘ra, voqea 2026-yil 20-fevral kuni Farg‘ona shahridagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Oilaviy kelishmovchilik vaqtida ayol turmush o‘rtog‘i M.S. tanasining turli joylariga qo‘li bilan urib, yengil tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasida jabrlanuvchining qo‘l, yelka va son qismida qontalash va tirnalishlar aniqlangani, ushbu jarohatlar yengil tan jarohati ekani qayd etilgan.

Sudda ayol aybini tan olib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan. Sud uning muqaddam sudlanmagani, aybini tan olgani va ayol ekanini yengillashtiruvchi holat sifatida inobatga olgan.

Natijada sud uni Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topib, BHMning 20 baravari, ya’ni 8 mln 240 ming so‘m miqdorida jarima tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring