Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotish tartibini buzganlar 5 yilgacha qamalishi mumkin
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept asosida chakana sotish tartibini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Bu bo‘yicha qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bunday dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana sotish tartibini buzganlik uchun BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha jarima qo‘llanadi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, bunday dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana sotish tartibini buzish ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin takroran yoki ko‘p miqdorda sodir etilsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter