Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sergeli mashina bozorida 100 nafar olibsotar ushlandi, ikki kishi qamaldi

Sergeli mashina bozorida 100 nafar olibsotar ushlandi, ikki kishi qamaldi

Foto: Videodan kadrlar

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtomobil va ehtiyot qismlar bozorida yillar davomida shakllangan noqonuniy vositachilik tizimiga qarshi keskin choralar ko‘rilmoqda. Poytaxt IIBB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bozorda faoliyat yuritgan 100 nafar olib-sotar aniqlanib, ularning bir qismiga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanildi.

Xalq orasida «saygaklar» nomi bilan tanilgan bu shaxslar avtomobil ehtiyot qismlarini arzon va tez topib berishni va’da qilib, mahsulotlarni haqiqiy narxidan ikki-uch barobar qimmatga sotib kelgani aytilmoqda. Ayrim hollarda oddiy 10−15 ming so‘mlik ehtiyot qismlari 50−60 ming so‘mgacha yetkazilgan.

Sotuvchilar va tadbirkorlar fikricha, bunday noqonuniy vositachilar bozorda sun’iy qimmatchilikni kuchaytirib, xaridorlarning ishonchini pasaytirgan. Natijada ko‘plab mijozlar Sergeli bozoridan voz kechib, avtodeteyling va boshqa xususiy xizmatlarga o‘ta boshlagan.

Tezkor tadbirlar natijasida 50 nafar shaxs bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, 30 nafariga nisbatan ma’muriy qamoq va jarima jazosi tayinlandi.

Olib-sotarlardan ayrimlari o‘z faoliyati noqonuniy ekanini tan olib, kelgusida qonuniy ishlashga va’da bergan.

Shu bilan birga, poytaxt IIBB bozor hududida yirik firibgarlik holatlari ham aniqlanganini ma’lum qildi. Xususan, arzon avtomobil olib berishni va’da qilib, fuqarolar mablag‘larini o‘zlashtirgan ikki shaxs sud tomonidan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil va 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida mazkur bozor hududida 10 ga yaqin jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring