Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Chorvoq Darvozasi» mehmonxonasi ochildi

«Chorvoq Darvozasi» mehmonxonasi ochildi

Yangi yil arafasida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yangi xalqaro darajadagi “Chorvoq Darvozasi” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha tog‘li hududlarda turizm va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Loyiha O‘zbekiston Milliy bankining investitsiyaviy ishtirokida amalga oshirilib, qurilish ishlari Discover Invest kompaniyasi tomonidan bajarildi. Majmuani boshqarish esa mamlakat mehmonxona biznesida yetakchi hisoblangan FT Hotels Group kompaniyasi jalb etilgan.

Xalqaro standartlarga mos kurort

“Chorvoq Darvozasi” mehmonxonasi 5 toifaga mansub 131 ta zamonaviy xonadan iborat. Xonalarda funksional dizayn, tabiiy estetika va tog‘ manzaralari uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, mehmonlarga yuqori darajadagi qulayliklar yaratilgan.

Mehmonlar uchun quyidagi xizmatlar mavjud:

“Daryo” restorani — 130 o‘rinli bo‘lib, xalqaro taomlar va ochiq tog‘ manzarasi bilan ajralib turadi;

Lobby bar — turli xil ichimliklar, qahva va yengil tamaddilar;

Garden Bloom Spa — fin saunasi, turk hammomi, fitnes zali hamda isitiladigan ochiq basseyn;

Bolalar va oilaviy dam olish zonalari — bolalar o‘yin xonasi, karaoke, kompyuter o‘yinlari va ochiq hududdagi hordiq maskanlari.

Majmua mehmonlarga faol dam olish, tinch muhit va yuqori servis uyg‘unlashgan to‘liq lifestyle tajribasini taklif etadi.

Xalqaro darajadagi zamonaviy mehmonxona

Ayni paytda dunyoning yirik mehmonxona tarmoqlaridan biri bo‘lgan Wyndham Hotel Group bilan litsenziyalash bo‘yicha muzokaralar yakunlangan. Natijada mehmonxona Wyndham Garden xalqaro savdo belgisi ostida faoliyat yuritiladi.

Turizm kelajagiga investitsiya

Loyiha tashabbuskorlarining ta’kidlashicha, “Chorvoq Darvozasi” davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi samarali hamkorlik namunasi hisoblanadi. O‘z navbatida, O‘zbekiston Milliy banki tomonidan amalga oshirilayotgan bunday investitsiyaviy loyihalar ichki turizmni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda xorijiy sayyohlar oqimini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Biz zamonaviy qulayliklar va tabiat uyg‘unligini mujassam etgan loyiha yaratdik. Bu — O‘zbekiston turizm salohiyatiga bo‘lgan ishonch va nufuzli xalqaro hamkorlik natijasidir”, — dedi mehmonxonaning bosh menejeri Mehmet Agilli.

“Chorvoq Darvozasi” loyihasi xususiy tashabbuslar, xalqaro standartlar va davlat qo‘llab-quvvatlovi birlashgan holda jahon darajasidagi yangi turistik mahsulot yaratish mumkinligini yaqqol namoyon etdi.

Ochilish marosimi doirasidagi qo‘shaloq bayram

Tantanali ochilish marosimi doirasida “Chorvoq Darvozasi” turar joy majmuasidagi xonadon egalariga ramziy ravishda kalitlar topshirildi. Shuningdek, xonadon egalari uchun tashkil etilgan aksiya doirasida yengil avtomobil o‘yini ham o‘tkazildi.

“Chorvoq Darvozasi” turar joy majmuasi — kadastri rasmiylashtirilgan, to‘liq tayyor loyiha. Xonadonlar ta’mirlangan holda topshiriladi, shuningdek, yashash hamda investitsiya uchun mos.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring