Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 sentnerga yetkazish maqsad qilindi

Hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 sentnerga yetkazish maqsad qilindi

Foto: Xabar.uz

«Paxtachilik va g‘allachilikda hosildorlikni oshirish uchun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, jumladan:

  • zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etish natijasida hosildorlikni paxtachilikda 50 sentnerdan oshirish, g‘allachilikda 100 sentnerga yetkazish;
  • ilm-fan yutuqlari va ustoz-shogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etish orqali paxtachilikda hosildorlikni oshirish 2026-yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib belgilangan.

2026-yil hosilidan boshlab:

  • tuproqning 1 bonitet baliga nisbatan normativ hosildorlikka (sentner/gektar) 0,7 koeffitsiyentni qo‘llagan holda paxta xomashyosini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bunda:

- imtiyozli kreditlarning 0,6 koeffitsiyentdan oshgan qismi uchun likvidli garov ta’minoti taqdim etiladi;

  • paxta yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, plyonka va tomizg‘ichli shlanglarni xarid qilish xarajatlari imtiyozli kreditlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda:

- imtiyozli kreditlar tijorat banklari orqali har yili yanvar avgust oylarida ajratiladi;

  • yil davomida imtiyozli kredit limitining 50 foizgacha qismidan foydalangan paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga belgilangan tartibda sotilgan paxta qiymatining 5 foizi miqdorida subsidiya ajratish tizimi joriy qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring