O‘zbekiston YaIM bo‘yicha o‘tgan yili 3 ta davlatni quvib o‘tgan – iqtisodchi
Jon boshiga nominal daromad (YaIM) bo‘yicha O‘zbekiston 2025-yilda Gonduras, Misr (daromad qisqargan), Venesuelani quvib o‘tgan.
Bu haqda iqtisodchi Mirkomil Xolboyev yozmoqda.
Iqtisodchining manbalariga tayanib yozishicha, 2026 yilda O‘zbekiston Eron (daromadlar qisqarishi kutilmoqda), Vanuatu, Jibuti, Filippin kabi mamlakatlardan o‘tib ketishi prognoz qilinyapti.
«2025-yilda jon boshiga (nominal) daromad bo‘yicha mamlakatimiz eng tez o‘sgan to‘qqizinchi iqtisodiyot bo‘lgan. Xususan, jon boshiga daromad 19 foizga o‘sgan.
Qo‘shnilarimizdan bizdan yuqoriroqda faqatgina Tojikiston bor. 2025-yilda Tojikistonda jon boshiga daromad 19,6 foizga o‘sgan. Qirg‘izistonda o‘sish 16,2 foizni, Qozog‘istonda esa 2,7 foizni tashkil etgan», – deb yozadi Mirkomil Xolboyev.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter