Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda brend qahva uchun bojxona bojlari bekor qilindi

O‘zbekistonda brend qahva uchun bojxona bojlari bekor qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga import qilinadigan brend mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan imtiyozli bojxona bojlari ro‘yxatini kengaytirishga doir qarorni imzoladi.

Yangi o‘zgartishlar quyidagi yo‘nalishlarga xizmat qiladi:

  • xalqaro kompaniyalar bilan ishlab chiqarish va savdo kooperatsiyasini kuchaytirish;
  • O‘zbekistonga yirik jahon brendlarini jalb etish;
  • chakana savdo bozorini rivojlantirish;
  • mamlakatda shoping-turizm (xarid uchun sayohat) hajmini oshirish.

Pastaytirilgan bojxona bojlari tovar faqat brend egasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida yoki uning rasmiy distribyutori, dileri, savdo vakili yoki litsenziati orqali olib kirilganida amal qiladi.

Bu talab kontrafakt mahsulotlarni cheklash va bozorda sifatni ta’minlashga qaratilgan.

Imtiyozli boj stavkalari quyidagi tovarlarga tatbiq etildi:

  • Qahva va qahva qo‘shilgan mahsulotlar — 0 foiz
  • Maishiy shamlar — 10 foiz
  • Plastik, yog‘och, metall idish-tovoq va oshxona buyumlari — 10 foiz
  • Savatlar va o‘rama buyumlar — 10 foiz
  • Qo‘lda to‘qilgan va boshqa gilamlar — 10 foiz
  • Yopinchiqlar va sayohat ko‘rpalari — 5 foiz
  • Choyshab, oshxona va stol choyshablari — 10 foiz
  • Pardalar — 5 foiz
  • Farfor, keramika va shisha idishlar — 10 foiz
  • Qoshiq, vilka, pichoq va oshxona asboblari — 10 foiz

Qayd etilishicha, ushbu qaror mahalliy bozorda sifatli brend mahsulotlari narxini pasaytiradi. Shuningdek, noqonuniy import va «soya bozori» ulushini kamaytiradi, savdo markazlari va turistik hududlarda jahon brendlari soni ortishiga olib keladi hamda xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlari yaratilishiga turtki beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring