Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

120 ming dollar qalbaki pullar savdosi fosh etildi

120 ming dollar qalbaki pullar savdosi fosh etildi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida Angren shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda uch nafar shaxs ushlandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, fuqarolar M.Yu., M.A. va Z.A. 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 80 ming AQSh dollarini haqiqiy 40 ming dollar evaziga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lum qilishicha, ushlanganlardan biri muqaddam sudlangan bo‘lgan. Tadbir davomida qalbaki valyutalar va savdoga oid boshqa dalillar musodara qilingan.

Shunga o‘xshash holat Navoiy viloyatida ham aniqlangan. Departamentning viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Q. qo‘lga olindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u fuqaro R.B.ga 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 40 ming AQSh dollarini 28 ming dollarga sotishga kelishgan. Tezkor tadbir jarayonida qalbaki valyutaning 10 ming dollarlik qismi sotilayotgan vaqtda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring