Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

25 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb topildi (ro‘yxat)

25 ta korxona ustun muzokara kuchiga ega deb topildi (ro‘yxat)

Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan respublika bo‘ylab tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tahlillar o‘tkazildi.

O‘rganishlar natijasida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasiga asosan, hududiy boshqarmalarning tegishli buyruqlari bilan 25 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt muayyan hududlarda ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.

Ustun muzokara kuchi nima?

Qonunchilikka ko‘ra, kompaniya bozorda monopol yoki ustun mavqega ega bo‘lmasa ham, agar u shartnoma shartlari, tovar sotiladigan hudud yoki narxlarga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lsa, bu holat ustun muzokara kuchi sifatida baholanadi.

Ya’ni, bunday korxonalar hamkorlari yoki yetkazib beruvchilariga nisbatan muzokaralarda sezilarli ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Qanday cheklovlar qo‘yiladi?

«Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq, ustun muzokara kuchiga ega deb topilgan subyektlarga:
raqobatni cheklashga olib keluvchi harakatlarni amalga oshirish;
boshqa tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini kamsitish;
iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazuvchi shartlarni majburlash taqiqlanadi.

Ushbu korxonalar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring