Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi: tafsilotlar
Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida faoliyat yuritgan noqonuniy dori ishlab chiqarish sexi fosh etildi.
Ushbu manzilda 4 ta MChJ tomonidan tegishli ruxsatnoma va sertifikatlarga ega bo‘lmagan holda, turli xil dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilgan.
Tezkor tadbir jarayonida «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» kabi qariyb 100 turdagi mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ularni tayyorlash jarayonida belgilangan texnologik talablar qo‘pol ravishda buzilib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilmagan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy tarzda tayyorlangan tibbiy mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mutaxassislar aholini dori vositalarini faqat ishonchli va litsenziyaga ega dorixonalardan xarid qilishga chaqirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter