Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda «Soliq» ilovasi orqali 35 mlrd so‘m keshbek talon-toroj etildi

Andijonda «Soliq» ilovasi orqali 35 mlrd so‘m keshbek talon-toroj etildi

Foto: Xabar.uz

Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan «Soliq Mobile» ilovasi orqali 35,1 mlrd so‘m mablag‘lar «Keshbek» sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda 6 nafar fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro O‘.Q.ning nomiga 3 ta, fuqaro N.Yu.ning nomiga 5 ta va R.X.ning nomiga 1 ta MChJ tashkil etib, ushbu MChJlar o‘rtasida hech qanday moliyaviy aloqalar amalga oshirilmagan bo‘lsa-da, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda 2026 yilning mart-aprel oylarida jami 1,1 trln so‘mlik mahsulotlar yetkazib berilganligi haqida soxta elektron hisob-fakturalarini rasmiylashtirgan. Ular go‘yoki savdodan tushgan pul mablag‘larini onlayn nazorat kassa mashinalari orqali kirim qilib, fuqarolarga sotilganligi haqida xarid cheklarini chiqarib, jami 100 458 nafar fuqaroga «Soliq Mobile» ilovasi orqali «Keshbek» sifatida to‘lab berilganligi oqibatida, 35,1 mlrd so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

O‘z navbatida, Andijon viloyati soliq boshqarmasi mas’ul shaxslari va boshqalar yuqoridagi MChJlar tomonidan jami 1,1 trln so‘mlik hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilganligi holatlari bo‘yicha korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish choralarini ko‘rmagan. Shuningdek shubhali operatsiyalar haqida departament organlariga xabar bermaganliklari ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha prokuraturaga yuborilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring