Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda bank boshqarmasi mansabdori 40 ming dollar bilan ushlandi

Andijonda bank boshqarmasi mansabdori 40 ming dollar bilan ushlandi

Videodan kadr.

Andijonda bank mansabdori 40 ming dollar pora bilan ushlandi. 

Respublikamizdagi banklardan birining Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan mulklarni auksion va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqarish vakolatiga ega bo‘lgani holda, xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy boylik orttirishni maqsad qilgan. 

U kredit ta’minoti uchun garovga qo‘yilgan, Asaka tumanida joylashgan, umumiy bahosi 16,8 mlrd so‘mlik xususiy davolash markazining 4 qavatli binosi auksion savdo platformasida sotuvdan qaytganligidan foydalangan, uning narxini 12 mlrd so‘mga tushirgan holda, bank tashkiloti hisobiga olib, mahalliy tadbirkorga auksion savdolarisiz 7 yil muddatga foizsiz kredit hisobidan olib berish evaziga 90 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu mansabdor shaxs 40 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avaalroq Isroil davlatiga ishlash uchun yuborish va ishchi vizasini tayyorlatib berish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ushlangandi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring