Birovning akkauntini egallab, 2 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyat IIB axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, internet tarmog‘idagi akkauntni noqonuniy egallab, uni qaytarish evaziga pul talab qilgan shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkorlik faoliyatida foydalanib kelingan elektron akkaunt noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirib olingan. Keyinchalik akkauntni qaytarish uchun jabrlanuvchidan 2000 AQSh dollari talab qilgan. To‘lov kriptoaktivlar orqali amalga oshirilishi shart qilib qo‘yilgan.
Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu jinoyatga aloqador shaxs fuqaro Sh.B ekani aniqlanib, ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarni elektron akkauntlar xavfsizligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirib, bunday holatlarga duch kelganda darhol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishni tavsiya etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter