Bloger Temurmalikning otasi vafoti yuzasidan tekshiruv boshlandi
Taniqli bloger Temurmalik joriy yil 14-aprel kuni otasining Samarqand shahar IIB xodimlari tomonidan Samarqand tumani ruhiy xastalar shifoxonasiga olib borganidan so‘ng sirli tarzda vafot etganini ma’lum qilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishlarini so‘rab chiqdi.
Blogerning yozishicha, so‘nggi paytlarda otasi alsgeymer kasalligi bilan og‘rib kelgan va u oila a’zolari tomonidan uy sharoitida parvarishlab kelingan. Ammo, joriy yil 10-aprel kuni otasi, blogerning ta’kidlashicha, «sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan». Bir kun davoida qidirib, uni Samarqand tumani ruhiy xastalar shifoxonasidan topishgan. Ammo o‘sha kuni shanba bo‘lgani bois, shifoxonadagilar bemorni faqatgina dushanba kuni boshliqning ruxsati bilan qo‘yib yuborishi mumkinligini aytadi. Dushanba kuni ertalab bloger otasini uyga olib keladi.
Ammo, uning ahvoli o‘sha paytda og‘ir bo‘lgan. U uyga qaytganidan keyin bir sutka davomida o‘ziga kelmay yotib, oxiri 14-aprel, seshanba kuni vafot etgan.
Bosh prokuratura, mazkur holat yuzasidan ma’lumot berib, 1956-yilda tug‘ilgan fuqaro V.T. ning vafoti yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotganini xabar qildi.
«Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Tekshirish harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘tkazilishi ta’minlanib, natijalariga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinadi», – deyiladi BP axborotida.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter