Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng yaxshi 40 ta startap loyiha uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi – Prezident

Eng yaxshi 40 ta startap loyiha uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi – Prezident

Qayd etilishicha, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi «Fikringni ber (Voice Up)» inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.

Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.

Shuningdek, «O‘sish va rivojlanish (Upshift)» startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.

«Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi», – dedi davlat rahbari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring