«Gryaz» laqabli jinoiy uyushma yetakchisi O‘zbekistonga keltirildi
«Gryaz» laqabli jinoiy uyushma yetakchisi Turkiyada ushlanib, O‘zbekistonga keltirildi.
IIV TQD JQX Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi, DXX hamda davlatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.
Unda mamlakatimiz hududida jinoiy uyushma yetakchisi sifatida bir qator jinoyatlarni sodir etishda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan va Turkiya davlatida tergovdan yashirinib yurgan «Gryaz» laqabli 1993-yilda tug‘ilgan Yo.M., joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbekistonga qaytarilib, tergov organlariga topshirildi.
Ushbu shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 112-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 4-qismi, 165-moddasi 3-qismi, 173-moddasi 2-qismi va 242-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2023 yilda Yashnobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter