Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 10,6 mln dollar miqdorida grant ajratishni ma’qulladi.

Mazkur mablag‘lar eskirgan gaz uzatish infratuzilmasidagi sizib chiqish holatlarini kamaytirish hamda mamlakatdagi uy xo‘jaliklari va sanoat korxonalarini ta’minlash uchun tabiiy gazni tejashga yo‘naltiriladi. Qayd etilishicha, ushbu chora-tadbirlarning amalga oshirilishi energetika xavfsizligini mustahkamlash, davlat daromadlarini ko‘paytirish va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

Jahon banki press-relizida keltirilishicha, O‘zbekistonning gaz uzatish infratuzilmasi texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga yetarlicha sarmoya kiritilmagani sababli vaqt o‘tishi bilan eskirgan, bu esa gaz sizib chiqishi va moliyaviy yo‘qotishlarga olib keladi. Zarur ishlar amalga oshirilmasa, 2030-yilga borib umumiy yo‘qotishlar 1,75 milliard kub metr gazga yetishi mumkin, bu esa 228 million dollarlik yo‘qotilgan daromadga teng.

«Gaz uzatish tizimi samaradorligini oshirish gaz yo‘qotishlarini kamaytirishga va shuning ortidan mamlakatda ishlab chiqarilgan hamda O‘zbekiston aholisi va biznesi uchun arzon energiya hajmi ko‘proq bo‘lishini ta’minlaydi. Tarmoqlardagi gaz sizib chiqishlarini kamaytirish qo‘shimcha resurslarni tejashga xizmat qiladi va sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi», — deya ta’kidladi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Naji Benxasin.

Loyiha doirasida 2029 yilgacha ta’mirlash ishlari orqali iste’molchilar va tadbirkorlik sub’yektlariga yetkazib beriladigan yiliga qariyb 47,5 ming tonna gaz sizib chiqishining oldini olish rejalashtirilgan. Gaz yo‘qotishlarining kamayishi, shuningdek, taxminan 18 million dollar miqdorida mablag‘lar tejalishini ta’minlaydi. Ushbu mablag‘larning katta qismi sizib chiqishni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Manba: worldbank.org

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring