Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada Kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi mansabdori ushlandi

Farg‘onada Kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi mansabdori ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.X. fuqaro M.Sh.ni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Andijon viloyatidagi oliy o‘quv yurtlaridan biriga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring