Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Metan zapravka»lar faoliyati bugun ham qisman cheklanadi

«Metan zapravka»lar faoliyati bugun ham qisman cheklanadi

Bugun, 5-mart kuni «metan zapravka»lar soat 16:00ga qadar faoliyat yuritadi. 

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Farg‘ona vodiysida «metan zapravka»larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Bunga vodiy viloyatlarida gaz bosimi pasaygan vaqtlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha ob’yektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash zarurati sabab sifatida ko‘rsatilgan.

«Gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda «metan zapravka»larning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz», – deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring