Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda qarzdor fuqaroning avtomashinasi «qamab qo‘yildi»

Namanganda qarzdor fuqaroning avtomashinasi «qamab qo‘yildi»

Namangan viloyatida qarzdorlik bilan bog‘liq yana bir yirik holat aniqlandi. Majburiy ijro organlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida MChJ ga tegishli  «Volkswagen» rusumidagi avtomashina xatlovga olinib, jarima maydoniga joylashtirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qarzdor jamiyatga qarashli bir necha avtotransport vositasida yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun 106 ta jami 71 million so‘m miqdoridagi jarimalari va boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha ham qarzdorlik yig‘ilib, umumiy summa 202 million so‘mni tashkil etgan.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rildi. Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmagani sababli, qarzdor jamiyatga qarashli  transport vositalaridan biri jarima maydoniga keltirildi.

Qayd etilishicha, bu kabi choralar qarzdorlarni o‘z majburiyatlarini bajarishga undash hamda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring