Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni kuchaytiriladi

O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni kuchaytiriladi

Hukumatning 824-son qarori bilan «O‘zbekistonda bayramlarning g‘oyaviy-ma’naviy mazmunini yanada kuchaytirish va ommalashtirish» konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiyaga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq umumxalq bayramlari, muhim sanalar, kasb bayramlari va xalqaro kunlar turli darajalarda nishonlanib kelinmoqda.

Hujjatga ko‘ra, har bir umumxalq bayramining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda, umumxalq bayramlarining ta’sirchan va jozibador musiqiy atributlari, o‘ziga xos taronalari, turli bezaklari ishlab chiqiladi.

Har bir umumxalq bayramining g‘oyaviy-ma’naviy mazmuni, tarixiy shakllanishi va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini ochib beruvchi qo‘llanmalar tayyorlanadi va keng tarqatiladi.

Umumxalq bayramlari doirasida «Eng iqtidorli yosh» aksiya-shou dasturini o‘tkazish orqali muvaffaqiyatga erishgan yoshlarni xalqqa tanitish va shu orqali boshqa yoshlarni o‘z maqsadlari yo‘lida ruhlantirishga oid interaktiv tadbirlar tashkil qilinadi.

Bayram kunlariga oid ommabop adabiyotlar, shu jumladan, «O‘zbekiston bayramlari» kitobi tayyorlanadi va chop etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring