Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 8 oyda ta’lim olishga 30,7 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonliklar 8 oyda ta’lim olishga 30,7 trln so‘m sarfladi

Foto: Xabar.uz

2026-yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda ta’lim sohasida 30,7 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilindi.

Bu 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 19,4 foizga ko‘p. Hududlar orasida eng katta hajm Toshkent shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda ta’lim xizmatlari 16,7 trln so‘mni tashkil etgan.

Samarqand viloyatida ta’lim xizmatlari hajmi 2 trln so‘mga yetgan. Farg‘ona viloyatida bu ko‘rsatkich 1,9 trln so‘mni tashkil qilgan.

Namangan viloyatida 1,5 trln so‘m, Andijon viloyatida 1,4 trln so‘m, Toshkent va Buxoro viloyatlarining har birida 1,3 trln so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

Qashqadaryo viloyatida xizmatlar hajmi 1,1 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 851,7 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyatida 800,7 mlrd so‘m bo‘lgan.

Xorazm viloyatida ta’lim xizmatlari 786,2 mlrd so‘mni, Navoiy viloyatida 480,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Jizzax viloyatida 406,5 mlrd so‘mlik, Sirdaryo viloyatida esa 299,1 mlrd so‘mlik ta’lim xizmatlari ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring