Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarning Tailandga safari 55 foizga oshgan – statistika

O‘zbekistonliklarning Tailandga safari 55 foizga oshgan – statistika

2025-yilning yanvar–oktyabr oylarida jami 22,3 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 ming nafarga yoki 55,3 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • sayohat – 19,9 ming nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 2,3 ming nafar;
  • o‘qish – 24 nafar;
  • davolanish – 57 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 73 nafar.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring