Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensiyalarni naqd shaklda Face ID va elektron imzo orqali to‘lash boshlandi

Pensiyalarni naqd shaklda Face ID va elektron imzo orqali to‘lash boshlandi

Pensiyani naqd shaklda oluvchilar endilikda biometrik identifikatsiyadan o‘tib, pulni olganini elektron imzosi orqali tasdiqlaydi.

O‘zbekistonda oktyabrdan fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish (Face ID)va elektron imzodan foydalangan holda pensiyalarni naqd pulda to‘lash boshlandi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tizimni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad — pensiyalarni fuqarolarga to‘liq va o‘z vaqtida yetkazish.

“Endilikda to‘lov jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Xalq banki” tomonidan hisobotlarda "to‘landi" deb hisobot berilib, amalda fuqaroga to‘lanmaslik yoki boshqa shaxslarga to‘lab yuborish holatlarining oldi olinadi”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda erkaklar uchun pensiya yoshini 60 yoshdan 63 yoshga, ayollar uchun esa 55 yoshdan 58 yoshga bosqichma-bosqich ko‘tarish taklif qilinayotgani xabar qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring