Qashqadaryoda qizg‘aldoqzorni payhon qilganlar jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidagi qizg‘aldoqzor hududida fuqarolar avtomashinada harakatlangani aks etgan video tarqalgandi.
Viloyat ekoboshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga tegishli transport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shuningdek, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 6 mln 592 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi. Shuningdek, uchala huquqbuzarning har biriga BHMning 50 baravaridan (20 mln 600 ming so‘mdan), jami 61 mln 800 ming so‘m jarima tayinlandi. Huquqbuzarlar jarima va zararni birgalikda to‘lashi belgilandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter