Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining funksiyalari belgilandi

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining funksiyalari belgilandi

Hukumatning joriy yil 6-dekabrdagi 772-son qarori bilan «Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasining maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, Jamg‘arma faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, quyidagilar Jamg‘armaning asosiy vazifalari hisoblanadi, jumladan:

  • qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni tashkil etish va boshqarish;
  • sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga yetkazilgan zararning qiymati qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini ta’minlash.

Jamg‘arma o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega, jumladan:

  • sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish;
  • vositachilar, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish.

Jamg‘arma faoliyati Jamg‘armaning boshqaruv kengashi tomonidan boshqariladi.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring