Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh paneli o‘rnatganlar davlatdan 9 oyda 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya olgan

Quyosh paneli o‘rnatganlar davlatdan 9 oyda 153 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya olgan

2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida 35 284 nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 153 mlrd 643 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi.

Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati – 42,6 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 22,4 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati – 15,3 mlrd so‘m.

Subsidiyani «Soliq» mobil ilovasi «Keshbek va imtiyozlar» xizmatining «Quyoshli xonadon» bo‘limidagi «Kartaga pul o‘tkazish» oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan «Quyoshli xonadon» dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) uchun imtiyozlar, yuridik shaxslarga:

  • Umumiy quvvati 100 kVt gacha bo‘lgan QTEM qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasini realizatsiya qilishdan olingan daromad uchun foyda solig‘i 0 foiz stavkada qo‘llaniladi;
  • Mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan belgilangan muddatga ozod qilinadi.

Jismoniy shaxslar:

  • Mol-mulk solig‘i summasi kamaytiriladi (2 BHMdan oshmaydigan summaga);
  • Yer solig‘i summasi kamaytiriladi (1 BHMdan oshmaydigan summaga);
  • «Quyoshli xonadon» dasturi bo‘yicha subsidiya oladi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring