Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev YuNEP ijrochi direktori bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev YuNEP ijrochi direktori bilan muloqot qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit doirasida BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi ijrochi direktori Inger Andersen bilan muloqot qildi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va iqlim muammolariga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro hamkorlik, shu jumladan, milliy ekologik ma’ruzalarni tayyorlash, atrof-muhit monitoringi tizimini takomillashtirish va institutsional salohiyatni mustahkamlash masalalarida izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ijrochi direktor O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan «Yashil makon», «Biomeros», «Toza havo», «Chiqindisiz hudud» va «Ekomadaniyat» kabi milliy loyihalarni yuqori baholadi. Ularning ekologik barqarorlikni ta’minlash va aholi turmush sifatini oshirishdagi ahamiyati qayd etildi.

Inger Andersen, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining bugungi sammitda ilgari surilgan tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy sheriklikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring