Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV aholi o‘rtasida tarqalayotgan kasallik yuzasidan ma’lumot berdi

SSV aholi o‘rtasida tarqalayotgan kasallik yuzasidan ma’lumot berdi

SSV ijtimoiy tarmoqlarda bolalar orasida ich ketish va qayt qilish simptomlari bilan kechayotgan infeksiya haqida tarqalayotgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, bu holatlar mavsumiy o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI) bilan bog‘liq bo‘lib, kuz faslida harorat pasayishi sababli kasallanish holatlari tabiiy ravishda ortishi kuzatiladi.

Respirator infeksiyalar turlicha kechishi mumkin ayrim bemorlarda yo‘tal, harorat va burun bitishi, boshqalarida esa oshqozon-ichak tizimi buzilishi (ich ketish, qayt qilish) bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat virus shtammlarining xilma-xilligi bilan bog‘liq.

«Shuni ta’kidlash lozimki, bu kasalliklarni koronavirus mutatsiyasi bilan bog‘lash noto‘g‘ri. Bugungi kunda COVID-19 oddiy respirator infeksiya shakliga aylangan, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror.

Tibbiyot muassasalarida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarni davolash uchun zarur o‘rin-joy va dori-darmon zaxiralari yaratilgan. Yurtimizdagi epidemik vaziyat muntazam monitoring qilib borilmoqda», – deyiladi SSV ma’lumotida.

O‘z navbatida, ota-onalarga kasallik belgilari kuzatilgan farzandlarini o‘z vaqtida oilaviy  shifokor ko‘rigiga olib borish tavsiya etilmoqda.

«Umuman, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat barqaror. Shu bois hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q», – deyiladi rasmiy munosabatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring