Uchinchi ko‘z ochilsa, nimalar bo‘ladi yoxud kasal kelin qilgan ovqatni nega yeb bo‘lmaydi?
Oxirgi paytlarda uchinchi ko‘zni ochishga qiziquvchilar ko‘payib ketdi. Hatto falon so‘m to‘lov qilsangiz, uchinchi ko‘zingizni ochib beraman, deyotganlar ham yo‘q emas. Aslida bu qanchalik to‘g‘ri? Hammadan hafa inson ruhan tayyor bo‘lmasdan turib uchinchi ko‘zni ochtirsa, nimalar bo‘ladi?
O‘zbekistondagi birinchi shajarashunos olimaning javobi sizni ham lol qoldirishi aniq.
Ha aytgancha, bu intervyuni ko‘rishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘ring...
Surayyo Azizova — 30 yillik pedagogik tajribaga ega xalq ta’limi alochisi.
Ta’lim tizimida 10 yillik rahbarlik davridan so‘ng Surayyo Azizova bolalarning yaxshi bilim olishida, kelgusida yetuk shaxs bo‘lib kamol topishida oilaviy muhit va oila a’zolar ruhiyatining o‘rni beqiyos ekanligini yaxshi anglagan holda, o‘z mehnat faoliyatini psixologiya yo‘nalishida davom ettirishga qaror qildi.
Chorak asrdan ziyodroq vaqt mobaynida aniq fanlar yo‘nalishida dars bergan pedagog yangi yo‘nalishda Djo Dispenza, Nataliya Vladimirova, Mirzakarim Norbekov, Maryam Mahmudova va Muxtasar Nazarova kabi soha mutaxassislaridan ta’lim oldi. New Way psixologik markazida amaliyotchi psixolog sifatida qayta tayyorlovdan o‘tdi.
Qolaversa, Rossiya Rodologiya Akademiyasida rodolog konsultant mutaxassisligida qayta tayyorlovni amalga oshirgan Surayyo Azizovani bugun O‘zbekistondagi birinchi shajarashunos, olima sifatida taniymiz.
U hozirda Tafakkur maktabiga asos solgan va avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tib kelayotgan kasalliklar, odatlar va qadriyatlar bilan ishlab kelmoqda. Biz yuqorida bejizga bugungi qahramonimiz bilan bo‘lgan suhbatni tomosha qilishdan avval yaxshilab o‘ylab ko‘rishni tavsiya qilmadik.
Chunki bu intervyudan so‘ng hayotga va ba’zi qadriyatlaringizga bo‘lgan munosabatingiz butkul o‘zgaradi. O‘zingizni qaytadan kashf qila boshlaysiz.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter