Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchqo‘rg‘onda ta’lim amaldorlari 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi

Uchqo‘rg‘onda ta’lim amaldorlari 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani fosh bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti

Namangan viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larining talon-toroji fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib,«Mehnatobod» va «Dehqonobod» MFY hududlaridagi xonadonlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, mazkur MTTlar faoliyat yuritmasa-da, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, 1,3 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratishgan va budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring