Yaqin Sharq davlatlaridan 20 mingga yaqin o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8 mart soat 07:00 da 19 347 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys amalga oshirilib, 1 680 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan 2 ta reys orqali 394 nafar fuqaro vatanga olib kelindi.
Shuningdek, Erondan ham 5 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.
Qatar va Saudiya Arabistonidagi elchixonalar Transport vazirligi bilan birgalikda Doha shahrida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini (208 nafar) evakuatsiya qildi.
Shu bilan birga, Qatardagi diplomatik vakolatxona tomonidan keyingi evakuatsiyani amalga oshirish doirasida fuqarolarning ikkinchi guruhi (126 nafar) shakllantirildi. Ular diplomatlar hamrohligida elchixona tomonidan ijaraga olingan avtobuslarda Doha shahridan olib chiqilib, Riyod—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 8 mart kuni amalga oshiriladigan charter reysi orqali evakuatsiya qilinishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter