Eron va Isroildagi vaziyat sabab O‘zbekiston aviareyslari jo‘nash aeroportlariga qaytarildi
Bugun, 28-fevral kuni Eron va Isroil havo hududi yopilganligi sababli, O‘zbekistondan arab davlatlariga va ortga uchayotgan bir nechta samolyot jo‘nash aeroportlariga qaytib keldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonga tegishli quyidagi reyslar o‘zgarishga majbur bo‘ldi:
- 7Q4461 (Fly One Asia): Andijon – Madina yo‘nalishidagi reys Andijonga qaytdi.
- 7Q342 (Fly One Asia): Madina – Toshkent yo‘nalishidagi reys Madinaga qaytdi.
- HH901 (Qanot Sharq): Toshkent – Dubay yo‘nalishidagi reys Toshkentga qaytdi.
- 2U7706 (Fly Khiva): Madina – Andijon yo‘nalishidagi reys Madinaga qaytdi.
- 9S3302 (Air Samarkand): Jidda – Toshkent yo‘nalishidagi reys Jiddaga qaytdi.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni ertalab Isroil va AQSh Eronga hujum qildi, bunga javoban Tehron Isroil va AQShning Bahrayn, BAA, Qatar va Kuvaytdagi harbiy bazalariga ketma-ket zarbalar berdi. Vaziyat tangligicha qolmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter