Velosipedda mundialga: Argentinalik uch muxlis 17 ming km yo‘l bosdi
Argentinalik uch nafar muxlis o‘z terma jamoasini JCh-2026 da qo‘llab-quvvatlash uchun velosipedlarda 17 000 kilometr yo‘l bosishdi.
Ular salkam bir yil avval — 16-avgustda yo‘lga otlanishgan edi. Va nihoyat turnirda Argentina Jazoirga qarshi ilk o‘yinni o‘tkazadigan Kanzas-Siti (AQSh)ga yetib kelishdi.
O‘tgan 10 oyda ular Argentina, Urugvay, Boliviya, Peru, Ekvador, Kolumbiyani to‘liq kesib o‘tishdi, jami 17 mamlakatda bo‘lishdi.
Ularni so‘nggi manzilda argentinalik muxlislar hamda terma jamoaning murabbiylar shtabi kutib oldi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter