Prezident qator marhum ijodkorlarni mukofotladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qator marhum ijodkorlarni mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining farmoni e’lon qilindi.
Jumladan:
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
Shuhrat Abbosov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, kinorejissyor
G‘ani A’zamov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Odil Yoqubov — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Zaynab Sadriyeva — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Hamza Umarov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Obid Yunusov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
O‘tkir Hoshimov — O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Saida Zunnunova — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
Manzura Hamidova — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Orifxon Hotamov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
O‘lmas Alixo‘jayev — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Ikroma Boltayeva — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Maryam Yoqubova — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Jamshid Zokirov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Hojiakbar Nurmatov — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Ochilxon Otaxonov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Dias Rahmatov — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Yulduz Rizayeva — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
O‘lmas Saidjonov — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
To‘lqin Tojiyev — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«Do‘stlik» ordeni bilan
Davron G‘oipov — estrada xonandasi
Rasulqori Mamadaliyev — xonanda va sozanda
Eduard Rtveladze — akademik, arxeolog va san’atshunos olim
Sanjar Sa’dullayev — dublyaj aktyori mukofotlandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter