Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

​«Gaz o‘g‘rilari» fosh etildi yoxud tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlarga qanday chora ko‘riladi?

​«Gaz o‘g‘rilari» fosh etildi yoxud tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlarga qanday chora ko‘riladi?

Tabiiy gaz — umumiy boylik, biroq ayrimlar undan foydalanishda qonunni chetlab o‘tishni afzal ko‘rmoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi reydlar davomida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan «uddaburonlar» fosh etildi.

​Tekshiruvlar natijasida aniqlangan zarar miqdori kishini hayratda qoldiradi:

​Toshkent shahri: «K.S.» MChJ rahbari M.Sh. o‘z noturar binosida tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, davlatga 334,9 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

Fuqaro V.S. o‘z xonadonida tijorat maqsadida tarmoqdan noqonuniy foydalanib, 167,6 mln so‘mlik ziyon keltirgan.

Fuqaro R.Yu. Buvayda tumanidagi novvoyxonasida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 145 mln so‘mlik resursni «o‘g‘irlagan».

​Farg‘ona shahrida Fuqaro Z.Q. xonadonida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanish orqali 105,5 mln so‘mlik zarar yetkazgan.

​Yangiyo‘l tumanida Fuqaro F.N. eng «ijodiy» usulni tanlagan: vizual aniqlab bo‘lmaydigan yashirin quvur orqali tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 102,9 mln so‘mlik gazni noqonuniy o‘zlashtirgan.

​Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring