Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hududlarda tadbirkorlar uchun mikrosanoat markazlari tashkil etiladi

Hududlarda tadbirkorlar uchun mikrosanoat markazlari tashkil etiladi

Prezidentning joriy yil 17-yanvardagi PQ-12-son qarori bilan 2025-2026 yillarda Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahrida mikrosanoat markazlarini barpo etish loyihalarining manzilli ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Hukumatning yaqinda qabul qilingan 308-son qarori bilan mikrosanoat markazlari uchun yer uchastkalarini ajratish va ularda tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish tartibi ishlab chiqilgan.

Mikrosanoat markazlari hududlarning ixtisoslashuvi va tadbirkorlik an’analari (hududlarning drayveri), yuqori daromadli ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, xorijiy davlatlar (Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya) tajribasini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan alohida konsepsiya asosida barpo etilishi belgilandi.

Mikrosanoat markazlarida hunarmandchilik, tikuvchilik, poyabzalchilik, qandolatchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlari bilan shug‘ullanadigan kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari joylashtiriladi.

Mikrosanoat markazlariga ishlab chiqarishlarni joylashtirishda tabiiy gazga muqobil bo‘lgan yoqilg‘i turlaridan va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va boshqalar) foydalanishga ustuvorlik beriladi.

Mikrosanoat markazlarini qurish uchun yer uchastkalari tashabbuskor pudrat tashkilotlariga elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladi.

Hujjat bilan Hududlarda mikrosanoat markazlarini barpo etish hamda ularga kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlarini joylashtirish bo‘yicha ishchi guruhlarning namunaviy tarkibi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring