Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi

Prezidentning PF–85-sonli farmoniga asosan, 2025-yil 1-iyundan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tadbirkorlik sub’yektlariga 50 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Subsidiyalar quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

• Surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmati tashkil qilish xarajatlarini qoplash;

• Hamrohlik xizmatini jismoniy shaxslar tomonidan o‘zini o‘zi band qilgan tartibda amalga oshirish.

Shuningdek, «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida mehnatga layoqatli nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron reyestri yuritiladi.

Farmonda 2025-yil yakuniga qadar 80 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni barqaror ish bilan ta’minlash va ularning munosib daromad topishini kafolatlash asosiy maqsad sifatida belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring