Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple va Cloudflare rus amaldorlarini kuzatayotgan bo‘lishi mumkin

Apple va Cloudflare rus amaldorlarini kuzatayotgan bo‘lishi mumkin

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xorijiy maxsus xizmatlar yuqori lavozimli rossiyalik amaldorlarni smartfonlar orqali kuzatganini ma’lum qildi.

FXX bayonotida aytilishicha, amaldorlar qurilmalariga zararli dastur joylashtirilib, ular orqali ma’lumotlar yig‘ilgan, suhbatlar tinglangan hamda atrofdagi holat video va audio shaklida yozib olingan.

Rasmiy xabarda aniq kompaniyalar nomi keltirilmagan bo‘lsa-da, TASS tarqatgan materiallarda Apple va Cloudflare tilga olingan.

E’lon qilgan videolarda AQShdagi Cloudflare va Fastly kompaniyalari ofislari ko‘rsatilgan. Cloudflare internet xavfsizligi va saytlarni himoya qilish xizmatlarini taqdim etuvchi yirik kompaniya hisoblanadi. 

Shuningdek, «Kasperskiy laboratoriyasi» mutaxassisi Igor Kuznetsovning aytishicha, iPhone qurilmalariga hujum «ko‘rinmas iMessage xabarlari» orqali amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xabar telefonga kelishi bilan zararli dastur avtomatik ishga tushgan va xabarning o‘zi darhol o‘chib ketgan.

FXX, shuningdek, to‘plangan ma’lumotlar keyinchalik AQSh va Yevropa Ittifoqi sanksiya ro‘yxatlarini shakllantirishda ham qo‘llanilganini iddao qilmoqda.

Cloudflare avval ham Rossiya rasmiylari bilan ziddiyatlarga duch kelgan. Roskomnadzor kompaniyani bir necha bor jarimaga tortgan va 2025 yilda uning ayrim xizmatlarini bloklashga uringan edi.

FXX Apple’ni AQSh razvedkasi bilan hamkorlikda ayblashi birinchi marta emas. 2023 yilda ham Rossiya maxsus xizmati iPhone qurilmalari orqali kuzatuv amalga oshirilganini bildirgan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring