Eronda Isroil josuslari bilan hamkorlikda ayblangan mansabdor qatl etildi
Eronda Isroil razvedka xizmati («MOSSAD») bilan hamkorlikda ayblangan shaxsga nisbatan o‘lim jazosi ijro etildi. Bu haqda Eron sud tizimiga qarashli Mizan News agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, qatl etilgan Mehdi Farid mamlakatdagi «o‘ta muhim tashkilotlardan birining fuqarolik mudofaasi qo‘mitasida rahbar» lavozimida faoliyat yuritgan. Unga nisbatan ayblov xulosasida Isroil razvedkasi foydasiga josuslik qilganlik va davlat xavfsizligiga xavf tug‘dirganlik holatlari keltirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter