Yevroittifoq O‘rta yer dengizida «soya floti»ga qarshi reydlarni kuchaytiradi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas YeIning O‘rta Yer dengizidagi IRINI harbiy-dengiz operatsiyasi vakolatlari kengaytirilganini ma’lum qildi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, operatsiya kemalari endi dengizda harakatlanayotgan turli kemalarni, jumladan tankerlarni ham tekshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Kallasning aytishicha, bu qaror dengiz xavfsizligi va «soya floti» faoliyatiga qarshi kurashish maqsadida qabul qilingan.
IRINI operatsiyasi 2020 yildan buyon amal qilib kelmoqda. Uning asosiy vazifasi Liviyaga qurol-yarog‘ yetkazib berish bo‘yicha BMT embargosiga rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.
Shuningdek, operatsiya Liviyadan neft kontrabandasini kuzatish, sohil qo‘riqlash xizmati xodimlarini tayyorlash va noqonuniy tashuvlar yo‘nalishlarini monitoring qilish bilan ham shug‘ullanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter